“Liverpul” qanot hujumchisi Muhammad Saloh bosh murabbiy Arne Slot bilan yuzaga kelgan ziddiyatlar fonida ijtimoiy tarmoqlarda post e’lon qildi. Futbolchi “Liverpul”ning Kirkbi shaharchasidagi bazasida joylashgan sport zalida tushgan suratini muxlislar bilan ulashdi.
Avvalroq Muhammad Saloh o‘ziga nisbatan bo‘layotgan adolatsizlikdan norozi bo‘lib, qishki transfer oynasida jamoadan ketishi mumkinligiga ishora qilgan edi.
Misrlik futbolchi ketma-ket uch o‘yinni zaxiradan boshladi va APL 15-turi doirasidan o‘rin olgan “Lids”ga (3:3) qarshi uchrashuvda 90 daqiqa davomida maydonga tushirilmadi.
Ushbu shov-shuvli intervyudan so‘ng Saloh “Liverpul”ning “Inter”ga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yini uchun qaydnomaga kiritilmadi.
Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh 2017 yil yozidan buyon mersisaydliklar safida o‘ynamoqda. U “Liverpul” bilan birga Angliya Premyer ligasi, Yevropa Chempionlar Ligasi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va boshqa bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Umumiy 420 ta uchrashuvda maydonga tushib, 252 ta gol va 113 ta assistni o‘z hisobiga yozdirgan.