Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Mudofaa vazirligining maxsus mutaxassislari Toshkentni dezinfeksiya qilishdi

Mudofaa vazirligining maxsus mutaxassislari Toshkentni dezinfeksiya qilishdi

Kecha, 28 mart kuni erta tongdan Qurolli Kuchlar Bosh shtabi radiasion, kimyoviy va biologik muhofaza qo‘shinlari hamda Mudofaa vazirligi Sanitariya epedimiologiya nazorat markazi hamkorligida taktik o‘quv mashg‘uloti boshlandi.

Maqsad respublikamizdagi jamoat joylari, bozorlarda dezinfeksiya ishlarini olib borish, koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, fuqarolarimiz xavfsizligi, salomatligini ta’minlashdirdeya xabar bermoqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti.

Erta tongdan boshlangan maxsus o‘quvda yurt himoyachilari 10 dan ortiq maxsus texnikalar, kerakli usukunalar bilan Toshkentdagi jamoat joylarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdiTa’kidlash kerakki, gepoxlorid natriy, Javil-D kabi dori vositalar aralashmasidan tayyorlangan suyuqlik barcha zararli viruslarni yo‘q qiladi.

Shu bois yurt himoyachilari ushbu aralashmadan keng foydalanmoqda. Dunyoning 195 dan ortiq davlatiga kirib borgan koranavirus pandimeyasiga qarshi kurashish, mazkur muammoni hal etish har birimizning muhum vazifamiz hisoblanadi. Harbiylar ham ushbu glabal masalada xalqimiz sog‘lig‘ini himoya qilish uchun munosib hissa qo‘shyapti.

Amaliy taktik o‘quv mashg‘ulotida yurt himoyachilari Yunusobod, Eski Juva, Oloy dehqon bozorlaridagi serqatnov ko‘chalar, yerosti o‘tish joylari hamda  chiqindixonalarda to‘liq dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ishtirokida boshlangan taktik o‘quv mashg‘ulotlari  mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

 

 

Kiritildi: 19:40 29.03.2020. O'qildi: 1782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!