Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi

Mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan ozod etdi.

Qosim-Jomart To‘qayev 27 sentyabr kuni Dauren Kosanovni Qozog‘iston mudofaa vaziri lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Oqorda ma’lum qildi.

Kosanovning lavozimidan ozod etilishiga farmonda rasmiy sabab ko‘rsatilmagan. Uning o‘rniga general-mayor Aydos Mirzaxmetov mudofaa vaziri etib tayinlandi.

Bu qaror 24 sentyabr kuni Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlar vaqtida 17 nafar harbiy dengizga oqib ketib, 14 nafari halok bo‘lganidan keyin qabul qilindi. Uch nafar harbiy qutqarilgan.

⚖️ Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda va besh nafar mas’ul shaxs ushlangan. Ular xizmatga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lish hamda navigasiya qoidalarini buzishda gumonlanmoqda.

☝️Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda Kosanovning jurnalistlarga kulgan holda javob berayotgan videosi ham tarqaldi.

Kiritildi: 17:38 27.09.2026. O'qildi: 1161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik