Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Mudhish jinoyat: Toshkentda 27 yoshli ayolning qo‘li qonga botdi

Mudhish jinoyat: Toshkentda 27 yoshli ayolning qo‘li qonga botdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida sudya Sherzod Eshmatov raisligida “qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish” jinoyatini sodir qilgan 1995 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi ayolga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchi Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda ifodalangan jinoyatni sodir etgan.

U 2022 yil 4 sentyabr kuni soat 00:30 larda Toshkent shahar, Yashnobod tumanida joylashgan oshxonada bo‘la turib, o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan 1994 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchi erkak bilan oldindan bo‘lib kelayotgan kelishmovchilik hamda jabrlanuvchini sudlanuvchiga nisbatan axloqqa zid xatti-harakatlari natijasida kelib chiqqan janjal oqibatida jabrlanuvchiga qasddan tan jarohati yetkazishni maqsad qiladi. Natijada oshxona pichog‘i bilan qurollanib, jabrlanuvchining o‘ng tomon qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan 1 marotaba zarba berib, tan jarohati yetkazgan. Natijada, jabrlanuvchi olgan tan jaroxati bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchida “qorin o‘ng old devorini teshib kirib jigarni shikastlagan sanchib-kesilgan jarohati, ichki va tashqi qon ketish” kabi jarohatlar aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan JKning 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismining "d" bandida nazarda turilgan jinoyatni sodir qilgan ayol 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

Kiritildi: 10:52 16.02.2023. O'qildi: 3909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!