Bugun 16 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Muddatli va kontrakt asosidagi harbiy xizmatga qabul qilinuvchilar narkotik moddalarga tekshiriladi

Muddatli va kontrakt asosidagi harbiy xizmatga qabul qilinuvchilar narkotik moddalarga tekshiriladi

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibi belgilandi.

Adliya vazirligi Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3939, 2026 yil 14 sentabr).

🔰 Tibbiy tekshiruv giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish holatlarini barvaqt aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallarida o‘tkaziladi.

📄 Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar hududiy harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilishidan, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar esa harbiy-tibbiy muassasada tibbiy ko‘rikdan o‘tishlaridan oldin tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

🔎 Tibbiy tekshiruv 2 bosqichda amalga oshiriladi, daslab peshob namunasi ekspress-test orqali tekshiriladi, musbat natija qayd etilganda esa peshob va (yoki) qon namunalarida mass-spektrometrik identifikasiya tekshiruvi o‘tkaziladi.

⭕️ Tibbiy tekshiruv natijalari musbat bo‘lgan yoki zarur namunalarni topshirishdan bosh tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.

❇️ Tibbiy tekshiruv davomida olingan shaxsga oid ma’lumotlar, biologik namunalar va tekshiruv natijalarining maxfiyligi ta’minlanadi.

Kiritildi: 22:00 14.09.2026. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!