Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mourinyo va Luis Enrike kuchli beshlikda — eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar

Mourinyo va Luis Enrike kuchli beshlikda — eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar

2026/27 mavsumida futbol murabbiylari orasida eng yuqori yillik maosh olayotgan mutaxassislar reytingi taqdim etildi.

Reytingning birinchi pog‘onasini "Al-Hilol" bosh murabbiyi Simone Indzagi egallab turibdi. Italiyalik mutaxassis yiliga 26 mln yevro maosh oladi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

Undan keyin "Atletiko" ustozi Diyego Simeone joylashgan — 23,5 mln yevro. Kuchli uchlikni "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yakunlab bergan. Uning yillik maoshi 15 mln funt sifatida ko‘rsatilgan.

"Real"ni boshqarayotgan Joze Mourinyo va "PSJ" ustozi Luis Enrike esa 12 mln yevrodan (yangi shartnomaga ko‘ra 20 mln) maosh bilan keyingi o‘rinlarni band etgan.

Reytingda Ange Postekoglu 11,7 mln yevro, Oliver Glasner va Xabi Alonso 11,5 mln yevrodan, Luchano Spalletti 11,2 mln yevro, Enso Mareska esa 10 mln yevro yillik maosh bilan qayd etilgan.

Shu tariqa, taqdim etilgan ro‘yxatda Inzagining yillik daromadi ikkinchi o‘rindagi Simeonenikidan 2,5 mln yevro, Artetanikidan esa sezilarli darajada yuqori.

Kiritildi: Bugun 12:06. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!