Bugun 11 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Mourinyo «Real» yulduzining iqtidoriga tan berdi

Mourinyo «Real» yulduzining iqtidoriga tan berdi

Madridning «Real» klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Jud Bellingem iqtidorining ashaddiy muxlisi hisoblanadi.

Portugaliyalik mutaxassis ingliz futbolchisi bilan hali birga ishlashga ulgurmagan bo‘lsa-da, uning o‘yiniga yuqori baho bermoqda. Futbolchining o‘zi ham yaqinda bergan intervyusida murabbiyga bo‘lgan hurmati baland ekanini ta’kidlab o‘tgandi. Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «Real» rahbariyati Mourinyo va Bellingemning birgalikdagi faoliyatini intiqlik bilan kutmoqda. Klub boshliqlari yarim himoyachi tajribali murabbiy qo‘l ostida yanada yuksalishiga to‘liq ishonishadi.

Eslatib o‘tamiz, Jud Bellingem 2023 yilda «qaymoqranglilar» safiga kelib qo‘shilgan edi. Joze Mourinyo esa oradan 13 yil o‘tib, shu yilning iyun oyida Madrid klubiga qaytdi.

Kiritildi: 14:53 07.07.2026. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!