Joriy mavsumni sovrinsiz yakunlagan “Real” rahbariyati jamoa boshqaruviga tajribali murabbiy Joze Mourinyoni olib kelishga qaror qilgan.
Portugaliyalik mutaxassisning o‘zi allaqachon “Real” tarkibini shakllantirish bo‘yicha rejalarni tuzishga kirishib ketdi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Mourinyo Madridga olib kelinadigan futbolchilarni aniqlab bo‘lgan, biroq bu ro‘yxat ham yakuniy emas.
Bundan tashqari, The Touchline nashrining ta’kidlashicha, bir qator futbolchilarning kelajagi mavsumoldi tayyorgarligi paytida ular Mourinyoda qanday taassurot qoldirishiga bog‘liq bo‘ladi.
Bu ro‘yxatda Endrik va Nikolas Pas ham bor. Birinchisi “Lion”dagi yarim yillik ijaradan keyin “Real”ga qaytmoqda, ikkinchisi esa, “Komo”dan qayta sotib olinishi kerak.
Kelajagi Mourinyoning qaroriga bog‘liq bo‘lgan o‘yinchilarning to‘liq ro‘yxatiga Franko Mastantuono, Endrik, Nikolas Pas, Gonsalo Garsiya, Fran Garsiya, Eduardo Kamavinga, Braim Dias, Tyago Pitarch, Raul Asensio kiritildi.