Joze Mourinyo «Real Madrid» bosh murabbiyligiga tayinlanishga yaqin turibdi. «Diario SPORT» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis o‘z murabbiylar shtabiga madridliklar afsonasini kiritmoqchi.
Gap «qaymoqranglilar»ning sobiq hujumchisi Raul Gonsales haqida ketmoqda. Biroq uning «Real»ga qaytishi biroz qiyin kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Raul 1994 yildan 2010 yilgacha «Real» sharafini himoya qilgan. Madrid klubi tarkibida u 16 ta sovrin, jumladan, 3 ta Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.