Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mourinyo Florentino Peresga o‘z talablarini aytdi

Mourinyo Florentino Peresga o‘z talablarini aytdi

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madridning «Real» klubi oldiga o‘z shartini qo‘ydi. Le Journal du Real nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis yana «qaymoqranglilar» boshqaruvini qo‘lga olishga tayyor, biroq u jamoa ishlarida to‘liq hokimiyatga ega bo‘lishni talab qilmoqda.

«Maxsus» (The Special One) rahbariyat tomonidan hech qanday aralashuvlarsiz, vaziyat talab qilganda istalgan futbolchini zaxiraga yo‘llash va xohlagan o‘yinchisini maydonga tushirish huquqiga ega bo‘lishni istaydi. 63 yoshli murabbiyning fikricha, tarkibda «dahlsizlar» bo‘lmasligi kerak.

Joze Mourinyu 2010 yildan 2013 yilgacha «Real»da faoliyat yuritgan. O‘sha paytda uning jamoadan ketishiga aynan yulduzli futbolchilar bilan bo‘lgan keskin munosabatlar asosiy sabablardan biri bo‘lgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:42. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!