Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Moskvadan uchib kelgan yo‘lovchi telefonida o‘ta xavfli videolar aniqlandi

Moskvadan uchib kelgan yo‘lovchi telefonida o‘ta xavfli videolar aniqlandi

Urganch xalqaro aeroportida Moskvadan kelgan yo‘lovchi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, uning telefonida ko‘plab aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib videolar aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Moskva-Urganch aviareysi bilan uchib kelgan fuqaro SH.M yashil yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi.

Shundan so‘ng, fuqaro xolislar ishtirokida belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilganida, uning uyali telefoni xotirasidan 81 dona diniy mazmundagi audio eshittirish va 143 dona diniy mazmundagi video lavhalar borligi aniqlandi.

Ekspert xulosasiga ko‘ra, aniqlangan audio va video lavhalar aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallar ekanligi tasdiqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro SH.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Kiritildi: 18:29 05.04.2019. O'qildi: 2833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!