Moskvadagi paradda prezident Putinni qo‘riqlash kuchaytiriladi — Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
"Bilasizki, yirik bayramlar arafasida va, albatta, mamlakatimizdagi eng muhim bayram — G‘alaba kuni oldidan tegishli maxsus xizmatlar tomonidan doimo qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘riladi", — dedi Dmitriy Peskov.
Kreml vakili buni Ukrainadan kutilayotgan “terrorchilik tahdidi” bilan izohladi. Putinning shaxsiy xavfsizligi ham shu sababli kuchaytirilyaptimi, degan savolga Peskov “albatta”, deb javob berdi.