Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Moskvada uy farroshi xonadondan 155 ta oltin quyma o‘g‘irladi

Moskvada uy farroshi xonadondan 155 ta oltin quyma o‘g‘irladi

Moskva shahrining g‘arbiy qismidagi xonadondan 155 ta oltin quymani o‘g‘irlagan uy farroshisi qo‘lga olindi. O‘g‘irlik yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xonadon egasi uyda bo‘lmagan vaqtda klining xizmati xodimi yotoqxonadagi seyfni ochib, oltin quymalarni olib ketgan. Seyf kaliti esa karavot yonidagi tumbochkada saqlangan. Yetkazilgan zarar miqdori bir million rubldan oshgan.

Polisiya Novgorod viloyatida yashovchi 52 yoshli ayolni qo‘lga olgan. Moskva viloyatidagi ijara uyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida undan har biri 53 grammlik sakkizta oltin quyma topilgan.

Gumonlanuvchi huquq-tartibot idoralari xodimlariga oltinlarni qimmatbaho metallar sotib oluvchi shaxslarga topshirib, tushgan pulni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflaganini aytgan.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayolga ayblov e’lon qilingan va unga nisbatan mamlakat hududidan chiqib ketmaslik hamda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish to‘g‘risida tilxat ko‘rinishidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Kiritildi: 23:09 15.10.2026. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!