Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Moskvada «Putinning dafn marosimi»ini o‘tkazmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Moskvada «Putinning dafn marosimi»ini o‘tkazmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Moskvadagi Kutuzov katta ko‘chasida polisiya xodimlari uch nafar muddatsiz norozilik faollarini qo‘lga oldi, deb xabar beradi Meduza.

Qo‘lga olingan faollar Rossiya prezidentining tug‘ilgan kuni munosabati bilan «Putinning dafn marosimi» norozilik aksiyasini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Faollar bilan birga «MBX media» muxbiri Nikita Maslovskiy ham qo‘lga olingan. Nashr tomonidan e’lon qilingan videoda qo‘lga olingan shaxslar yonida tobutni ham ko‘rish mumkin.

«MBX media» muxbirining so‘zlariga ko‘ra, polisiyachilar nima sababdan faollar va jurnalist qo‘lga olinganini aytmagan. Maslovskiy huquq-tartibot xodimlariga press-kartasi va nashrning topshirig‘ini ko‘rsatgan, biroq uni baribir qo‘lga olishgan.

Kiritildi: 12:33 08.10.2019. O'qildi: 1861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!