Moskva shahrining Yeleskaya ko‘chasida 24 dekabrga o‘tar kechasi YPX xizmati avtomobili yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, polisiyachilar shubhali shaxsni tekshirishga yaqinlashgan paytda portlovchi qurilma ishga tushgan.
Oqibatda 24 va 25 yoshli ikki polisiyachi olingan jarohatlardan halok bo‘lgan. Ularga yaqin turgan yana bir shaxs ham vafot etgan. Ma’lumotga ko‘ra, u portlovchi qurilmani o‘rnatishda gumon qilingan shaxs bo‘lishi mumkin.
Ayrim manbalar portlashni sodir etgan shaxs firibgarlar ta’siriga tushgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda, ammo bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.