Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Moskvada kurash bo‘yicha Rossiya terma jamoasining tojikistonlik murabbiyi hibsga olindi

Moskvada kurash bo‘yicha Rossiya terma jamoasining tojikistonlik murabbiyi hibsga olindi

Moskvada sud erkin kurash bo‘yicha Rossiya yoshlar terma jamoasi murabbiyi Alisher Ismatzodani (kelib chiqishi tojikistonlik) hibsga oldi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi uni terrorchilik faoliyatiga yordam berishda ayblagan. Moskvaning Shcherbinsk tumani sudi Ismatzodaga 28 avgustga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tayinlagan. Ommaviy axborot vositalari murabbiyning hibsga olinishi Dog‘istondagi teraktlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Sud jarayonida Ismatzodaning advokatlari uning hech qachon terrorchilik harakatlarida ishtirok etmagani va rejalashtirmaganini ta’kidlab, uning aybsizligini bildirgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Ismatzoda Rossiyada taqiqlangan tashkilotni moliyalashtirishda ishtirok etgan. Bu qaysi tashkilot ekaniga aniqlik kiritilmagan. Xususan, erkak terrorchilik faoliyatida ayblangan yoki bunday jinoyatlarda gumon qilingan shaxslarga pul o‘tkazib bergani aytilmoqda.

Gap 100 rubl, 1 ming va 9 ming rubl pul o‘tkazmalari haqida ketmoqda, deyiladi xabarda.

Tergovchi Ismatzodaning qarindoshlaridan biri Suriyada jang qilayotganini, u Tojikistonda terrorizm uchun ta’qib qilinayotganini eslatgan. Murabbiy nafaqat Suriyaga ketgan qarindoshi, balki radikal islomga e’tiqod qiluvchi boshqa odamlar bilan ham aloqa o‘rnatmasligini aytgan.

So‘nggi paytlarda Alisher Ismatzoda poytaxtdagi 76-sport maktabida faoliyat yuritgan. Sportchi avvalroq erkin kurash bo‘yicha Rossiya va Moskva yoshlar terma jamoalariga murabbiylik qilgan. RT nashriga ko‘ra, hibsga olingan shaxs mashhur e’lonlar saytida sport anjomlari sotgan. Ismatzoda BMW 740 va Range Rover Evoque avtomobillariga egalik qiladi.

Kiritildi: 17:29 07.07.2024. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!