Moskvadagi Kutuzovskiy prospektida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada ikki kishi halok bo‘ldi. Yana ikki nafari og‘ir yaralangan. YTHda halok bo‘lganlar orasida bloger Said Gubdenskiy ham bor. Uning BMW avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va bir nechta avtomobillar, jumladan Forbes jurnali talqiniga ko‘ra Rossiyaning eng boy 200 nafar tadbirkori biznesmen Ratmir Timashevning Mersedes mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Timashev mashinada bo‘lgan-bo‘lmagani noma’lum.
Saidning o‘zi esa shifokorlar yetib kelguncha voqea joyida vafot etgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, BMW yo‘lovchisi kasalxonada jon bergan.