Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Moskvada 9 may arafasida mobil internetni o‘chirish boshlandi

Moskvada 9 may arafasida mobil internetni o‘chirish boshlandi

Moskva va Peterburgda mobil internetda uzilishlar qayd etilmoqda, deb xabar beradi RBK nashri va Rossiyaning boshqa ommaviy axborot vositalari.

"Moskva markazi. Mobil internet ishlamayapti. Jumladan, "oq ro‘yxatlar" ham. Kechasi hali ishlayotgan edi", — deb yozdi siyosatshunos Mixail Vinogradov o‘zining Telegram'dagi sahifasida.

Internet servisi ma’lumotlariga ko‘ra, mobil internet ishi bo‘yicha shikoyatlar soni soat 08:00 atrofida o‘sa boshlagan, deb qayd etadi "RBK".

Nashr muxbirlari MTS, T2, "Bilayn" va Yota operatori mobil interneti ishidagi uzilishlar haqida xabar berishdi. T2 operatorida xuddi shunday muammolar Moskva viloyatida ham kuzatilmoqda. Mobil qurilmalarga internet faqat Wi-Fi orqali o‘tyapti uyali aloqa orqali hatto sms ham yuborilmayapti, deb yozadi SOTAvision ("chet el agentlari" reestrida).

Bir kun avval aloqa operatorlari moskvaliklarni mobil internet o‘chirilishi haqida ogohlantirgan edi.

"Xavfsizlik choralarini ta’minlash maqsadida Moskvada 5 maydan 9 maygacha bo‘lgan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish davrida mobil internet va sms ishida vaqtinchalik cheklovlar bo‘lishi mumkin. Internetdan foydalanish uchun Wi-Fi, ovozli qo‘ng‘iroqlar uchun esa smartfon sozlamalaridagi VoLTE funksiyasidan foydalanishni tavsiya etamiz", — deyiladi xabarnomada.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!