Moskva va Tehron o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 5 milliard AQSh dollariga etdi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi rahbari Vladimir Putin Eron Prezidenti Ibrohim Raisi bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum qildi.
«O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshdi va yaxshi natijalarga erishildi. Savdo aylanmamiz 5 milliard dollarni tashkil etdi», dedi u.
Shuningdek, Rossiya Prezidenti Raisiyni Falastindagi vaziyatni muhokama qilishga chaqirdi.
«Albatta, mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashish biz uchun juda muhim. Ayniqsa, Falastindagi vaziyat haqida gapirish juda muhim», dedi Rossiya rahbari Raisiga.