Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Moskva Ukrainadan 650 dan ortiq dron hujumiga uchraganini bildirdi

Moskva Ukrainadan 650 dan ortiq dron hujumiga uchraganini bildirdi

Moskva meri Sergey Sobyanin 5 oktyabr kechqurundan 6 oktyabr tongiga qadar Rossiya poytaxti tomon 650 dan ortiq Ukraina droni uchirilganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dronlarning 105 tasi Moskvaga yaqinlashganida yo‘q qilingan. Hujum oqibatida qurbonlar yoki jiddiy zarar haqida ma’lumot berilmagan.

Sobyanin bu hujumni so‘nggi ikki yilda Moskvaga qarshi amalga oshirilgan eng yirik dron hujumlaridan biri deb atadi. Dronlarning aksariyati poytaxtdan uzoq hududlarda havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Rodion Miroshnik esa so‘nggi bir haftada Rossiyaning turli hududlariga qilingan hujumlarda qariyb 30 nafar tinch aholi, jumladan ikki nafar bola halok bo‘lganini bildirdi. Uning aytishicha, 200 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Miroshnik Ukraina kuchlari bir hafta davomida Rossiya hududlariga qariyb 8400 ta turli o‘q-dori vositalarini qo‘llaganini da’vo qildi.

Kiritildi: 17:06 06.10.2026. O'qildi: 715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!