Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Moskva Moldovaga gaz bermoqchi. Faqat sharti bor...

Moskva Moldovaga gaz bermoqchi. Faqat sharti bor...

Rossiyadan Moldovaga gaz yetkazib berish bo‘yicha amaldagi shartnoma noyabr oyida tugashi hamda Moldovaning 709 million dollar miqdorida qarzi mavjudligi haqida xabar berilgan edi.
Oktyabr oyi oxirida Moldovada gaz taqchilligi sababli bir oy muddatga favqulodda holat joriy etilgan.

"Gazprom" Moldovaga Yevropa Ittifoqi bilan bojsiz savdo bo‘yicha kelishuv shartlarini o‘zgartirish evaziga chegirmali gaz taklif qildi. Bu haqda Financial Times manbalarga tayanib yozmoqda.

Gazetaning ma’lumotlariga ko‘ra, Mayya Sanduning prezident saylovlardagi g‘alabasidan so‘ng Moskva gaz bo‘yicha muzokaralarni keng ko‘lamli siyosiy jarayonning bir qismi sifatida ko‘rmoqda. Moldova Yevropa Ittifoqi bilan savdo kelishuvi o‘rniga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Moskva Kishinyovga Yevropa Ittifoqining gaz bozorlarini liberallashtirish bo‘yicha talablarini amalga oshirishni kechiktirishni taklif qilmoqda, deya xabar beradi Financial Times.

Kiritildi: 21:31 27.10.2021. O'qildi: 2954 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!