Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Moskva aholisi benzin uchun joy talashib mushtlashdi

Moskva aholisi benzin uchun joy talashib mushtlashdi
Guvohlarning «Ostorojno, novosti»ga aytishicha, janjal 18 avgust kuni soat 23:10 da Leningrad shossesida sodir bo‘lgan. Ikki erkak AYOQShdagi navbatda joy talashib qolgan va tortishuvdan so‘ng bir-birini ura boshlagan. Keyinroq ularga nafaqadagi kishi ham qo‘shilgan. Erkaklarni ajratishga guvohlar aralashgan, janjal ishtirokchilaridan birining futbolkasi yirtilgan. Shundan so‘ng ular bir-birini tayoq bilan tahdid qilgan. Bu voqea Moskvada yoqilg‘i uchun navbatlar yana ko‘paygan paytga to‘g‘ri keldi. RBK ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim AYOQShlarda benzin sotuviga limit joriy qilingan: «Gazprom neft» shoxobchalarida bir bakka 40–60 litrgacha, «Tatneft»da esa 50 litrgacha benzin va 60 litrgacha dizel sotilmoqda. Ayrim shoxobchalarda navbatlar yuzaga kelgani haqida moskvaliklar shikoyat qilmoqda.
Kiritildi: 14:05 20.08.2026. O'qildi: 1046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!