Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Molxonadagi o‘g‘irlik: Romitanda aybdor jazosini oldi

Molxonadagi o‘g‘irlik: Romitanda aybdor jazosini oldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining ochiq sud majlisida, sudlanuvchi M.Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, unga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi.

Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi voyaga yetmagan M.Aliyev qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan.

Chunonchi, u joriy yilning 05 yanvar kuni taxminan soat 23:00 larda oson yo‘llar bilan tekin daromad orttirish maqsadida qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, Vobkent tumani So‘fidehqon MFY, Dukchilar qishlog‘ida yashovchi Olimov Komiljon Kamolovichning molxonasiga ekin dalamaydonlari orqali yashirin ravishda kirib, molxonada turgan bug‘doy mahsulotlarini o‘g‘irlab, oradan bir necha kun o‘tgach, sodir qilgan jinoyatidan biror-bir shaxs xabar topmaganligi sababli o‘g‘rilik jinoyatini qasddan davom ettirib, 2020 yil 06 yanvar kuni kech soat 02:00 larda K.Olimovning molxonasiga ikkinchi marotaba kirib, jami 300 kilogrammga teng bug‘doy mahsulotlarini talon-taroj qilib, jabrlanuvchiga jami 540.000 so‘mlik moddiy zarar yetkazib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan.

Sud majlisida sudlanuvchiga M.Aliyevga jazo tayinlash masalasini muhokama qilib, u tomonidan sodir qilingan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, jinoyat sodir qilish sharoiti va sabablarini, uning shaxsini, aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymondaligini, muqaddam sudlanganligini, jabrlanuvchining da’vosini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi boshqa holatlarni inobatga olib, M.Aliyevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 1 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

 

Kiritildi: 15:18 20.02.2020. O'qildi: 1524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!