26 sentyabrdan Moldovada gaz narxining oshishi, yoqilg‘i taqchilligi xavfi va Dnestr daryosida suv sathining keskin pasayishi sababli 60 kunlik favqulodda holat amal qila boshladi.
Hukumat qarorini parlament ma’qulladi. Rasmiylar bu chorani gaz narxining oshishi, yoqilg‘i tanqisligi xavfi va Dnestr havzasida suv sathining keskin pasayishi bilan izohlamoqda.
Favqulodda holat doirasida hukumat energiya resurslarini tezkor xarid qilish, elektr va suv iste’molini cheklash hamda tariflarga vaqtincha o‘zgartish kiritish kabi choralarni qo‘llashi mumkin.
Mamlakatda gaz narxi 1 sentyabrdan 41 foizga oshgan, Dnestr suv ombori sathi esa tarixiy minimumga tushgan.
Shu bilan birga, 700 ming aholi yashaydigan Kishinyov aglomerasiyasini suv bilan ta’minlovchi Dnestr havzasida suv sathi xavfli darajaga tushgan.