Moldova havo hududiga bir nechta noma’lum uchuvchisiz uchish apparati kirdi.
Bu haqda Moldova Chegara polisiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 19 sentyabr kuni ertalab Shtefan-Vode tumanida mamlakat havo hududini buzgan bir nechta noma’lum uchuvchisiz uchish apparati qayd etilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, chegarachilarning patrul guruhlari tungi hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash, shuningdek, ehtimoliy qoldiqlar yoki yerga qulab tushgan parchalarni topish maqsadida hududda keng ko‘lamli tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Moldova chegarachilari ma’lumotiga ko‘ra, ikkita uchuvchisiz apparat mamlakat havo hududidan Olanesht — Chistovodnoye qishloqlari yo‘nalishida uchib o‘tgan.
Shu bilan birga, yana bir dron bevosita Kaplani qishlog‘i ustida qayd etilgan. U Krokmaz tomonidan uchib kelgan va keyinchalik Moldova hududini tark etgan.