Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Eronning Bahrayn energetika infratuzilmasiga hujumlarini qoraladi.
Bu haqda Modi o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
"Men Bahrayn qiroli Hamad bin Iso Al Xalifa bilan samarali suhbatlashdim", deb ta’kidladi u.
Bahrayn qiroli va Bahrayn xalqiga Ramazon tabriklarini yetkazgandan so‘ng, Hindiston Bosh vaziri mintaqadagi keskinliklarga ham to‘xtaldi:
"Biz mintaqadagi vaziyatni muhokama qildik va energetika inshootlariga qilingan hujumlarni qoraladik".