Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Modi Putin va Zelenskiyni muzokaralarga chaqirdi

A A A
Modi Putin va Zelenskiyni muzokaralarga chaqirdi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish uchun bir necha bor murojaat qilganini aytdi.
Bu haqda u AQSh prezidenti Jo Bayden bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.
"Buchada begunoh fuqarolarning o‘ldirilgani haqidagi so‘nggi xabarlar katta tashvish uyg‘otdi, — dedi Modi, — Biz buni darhol qoraladik, shuningdek, xolis tergov o‘tkazilishini talab qildik. Umid qilamizki, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar orqali tinchlikka yo‘l topiladi”.
Mart oyi oxirida Bayden Hindiston bosh vaziri Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga nisbatan qaltis pozisiyani egallayotganini tanqid qildi. Shu paytgacha Hindiston BMTda Rossiyaning harakatlarini qoralashdan bosh tortgan va hozircha sanksiyalar kiritmagan.

Kiritildi: 04:39 12.04.2022. O'qildi: 3786 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik