Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Mobil telefonlar bodi-kamera vazifasini o‘tamaydi

A A A
Mobil telefonlar bodi-kamera vazifasini o‘tamaydi

Ichki ishlar vazirligi YHXBB Axborot xizmati mobil kameralardan foydalanish tartibi bo‘yicha ayrim savollarga javob berdi.

«2020 yilning 1 yanvar kunidan, Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining barcha YPX xodimlari xizmatni mobil kameradan foydalangan holda o‘tashni boshladilar.

Shu munosabat bilan, YPX xodimi Sizni to‘xtatib muloqotga kirishganda, mazkur muloqot mobil kameraga yozib olinishini, kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsangiz, aybingizni isbotlash uchun videoyozuvdan foydalanilishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Xodimlar tomonidan foydalanilayotgan mobil kameralar, xodimning yo‘l harakati ishtirokchilari bilan o‘zaro muloqotini tasvirga olib, ushbu muloqotning samimiy, xushmuomalalik asosida bo‘lishiga hamda ziddiyatli va noxush vaziyatlarni, shuningdek, korrupsiya holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.

Ayrim hollarda esa xodimning xatti-harakatlari ustidan ariza va shikoyatlar bildirilganida, ushbu videoyozuvlar holatga oydinlik kiritishga yordam beradi. 

Shu o‘rinda fuqarolardan kelayotgan ayrim savollarga to‘xtaladigan bo‘lsak:

•  mobil kameradan YPX xodimning yo‘l harakati qatnashchisi bilan muloqotini tasvirga olish uchun foydalaniladi;

•  YPX xodimi haydovchiga, uning sodir etgan qoidabuzarligining videotasvirini ko‘rsatib berishga majbur emas;

•  barcha xizmatga jalb etilayotgan xodimlar mobil kameradan foydalangan holda xizmat o‘taydilar. YPX xodimining mobil kamerasiz xizmat o‘tashiga yo‘l qo‘yilmaydi;

•  Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 18-bandiga  asosan yo‘l harakati qatnashchilari xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga egalar.

Ko‘rinib turibdiki, amalga oshirilayotgan bu sa’y-harakatlarning barchasi birinchi navbatda Siz uchun, Sizning xavfsizligingiz va qonuniy manfaatlaringizning himoyasi uchun amalga oshirilmoqda. Shunday ekan, yaratilayotgan sharoitlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishlaringizni, harakatlanish xavfsizligini ta’minlash ishlariga munosib hissa qo‘shishingizni so‘raymiz», - deyiladi xabarda.

❗️Shuningdek, kanalimiz mushtariylari so‘ragan yana bir savolga oydinlik kiritdik. YPH inspektorining mobil telefoni bodi-kamera vazifasini o‘tamaydi hamda inspektorlar mobil telefondagi videodagi yozib olayotganini ro‘kach qilib, haydovchilar bilan muloqotga kirishishi mumkin emas. IIV YHXBB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bodi-kameralar keragicha xarid qilingan va barcha inspektorlar ta’minlangan.
 

Kiritildi: 11:00 03.01.2020. O'qildi: 3064 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik