Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mixail Fedorov Ukrainaning yangi mudofaa vaziri etib tayinlandi — OAV

Mixail Fedorov Ukrainaning yangi mudofaa vaziri etib tayinlandi — OAV

Ukraina Oliy Radasi raqamli transformasiya vaziri Mixail Fedorovni Ukraina mudofaa vaziri sifatida tasdiqladi. Nomzod 277 nafar deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Fedorov yangi lavozimida birinchi navbatda Mudofaa vazirligida moliyaviy audit o‘tkazishni rejalashtirganini ma’lum qildi. U tizimni isloh qilish, frontdagi infratuzilmani yaxshilash, korrupsiyani yo‘qotish va yetakchilik hamda ishonchni yangi madaniyatga aylantirishni maqsad qilganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Ukraina Oliy Radasi shu paytgacha mudofaa vaziri lavozimini egallab turgan Denis Shmigalni energetika vaziri etib tayinlashni ma’qulladi.

Kiritildi: Bugun 18:34. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!