Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Misrdan charter reys bilan olib kelingan o‘zbekistonliklar Navoiyda karantinga olindi

Misrdan charter reys bilan olib kelingan o‘zbekistonliklar Navoiyda karantinga olindi

O‘zbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi TIVning Operativ shtabi va O‘zbekistonning transport va sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda, 18 mart kuni Misrda bo‘lgan 177 nafar o‘zbekistonliklarni keltirish uchun Sharm ash-Shayx—Navoiy charter reysini tashkil etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Navoiy viloyati hokimligining ma’lum qilishicha, ular Navoiy xalqaro aeroportida kutib olinib, Karmana tumani hududidagi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli sog‘lomlashtirish markaziga 14 kunlik karantinga joylashtirildi. Ularga maxsus tayyorgarlik o‘quvlaridan o‘tgan 60 nafar tibbiyot xodimi biriktirildi.

Karantin kuzatuviga olinganlarning 50 nafarini erkaklar, 90 nafarini ayollar va 40 nafarini bolalar tashkil etib, ular orasida isitmalagan va boshqa shikoyatlari bo‘lganlar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.

Qayd etilishicha, belgilangan muddatda zarur tibbiy muolajalar, shaxsiy gigiyena va himoya vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlanishi tashkil etilgan. Vaqtincha karantin muddati tugagach barcha yurtdoshlarimiz o‘z viloyatlari — yashash manzillariga tegishli tartibda kuzatib qo‘yiladi.

Avvalroq Namanganga Latviya va Erondan 16 mart kechki payt uchib kelgan yo‘lovchilar 14 kunlik karantin uchun sanatoriy va shifoxonaga joylashtirilgani xabar berilgandi. Dam olish maskanida ularning belgilangan muddatda istiqomat qilishlari uchun zarur sharoitlar muhayyo etilgan.

Kiritildi: 19:03 18.03.2020. O'qildi: 2260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!