Misr janubida joylashgan Asvan shahri hududida arxeologlar odam boshli va tanasi she’rnikiga o‘xshab ishlangan haykal topilgan. Bu haqda Washington Post nashri xabar bermoqda.
Mamlakat Antik davr topilmalari vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, haykal Kom Ombo ibodatxonasi atrofida, binoni yerosti suvlaridan muhofaza qilish yuzasidan olib borilayotgan qazishma ishlari davomida topilgan.
Tadqiqotchilar haykal Ptolemey davriga mansubligini taxmin qilmoqda.
Hukumat vakillari ushbu qadimiy topilma hududda turizmni rivojlantirishga oz bo‘lsa-da turtki berishiga umid bog‘lagan.