Xabar berilishicha, Sakkarada Yangi qirollik davriga oid uchta qabr (miloddan avvalgi 1570—1070 yillar) va Qadimgi qirollik davriga oid to‘rtta qabr (miloddan avvalgi 2780—2263 yillar) topilgan. Yangi qirollik davriga oid qabrlar mumiyolangan mushuklarni dafn qilish uchun foydalanilgan. Qabrlarga haramda xizmatda bo‘lgan mushuklar dafn qilingan. Jami bir necha yuzta mumiyolangan hayvon tanasi topilgan. Bundan tashqari alohida sag‘anada yuzlab mumiyolangan qo‘ng‘izlar, kobralar, timsohlar va sher topilgan.
Topilgan artefaktlarni Sakkara hududida joylashgan muzeyda 15 noyabrdan boshlab tomosha qilish mumkin. Yangi topilmalar ko‘rgazmasi bir oy davom etadi.
Manba: daryo. uz