Abdul Fattoh as-Sisi Qohiradagi energetika anjumanida Yaqin Sharqdagi urush davom etsa, neft narxi ikki barobardan ziyod qimmatlashi mumkinligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, bu shunchaki qo‘rqitish emas, balki real prognoz.
Misr yetakchisi mintaqadagi vaziyatni o‘nglash uchun Donald Trampga murojaat qildi:
"Prezident Tramp, Fors ko‘rfazi va mintaqamizdagi urushni sizdan boshqa hech kim to‘xtata olmaydi", — dedi as-Sisi.