Bunga yoqilg‘i narxi oshishi sabab bo‘lmoqda deb yozmoqda Financial Times nashri.
Gazetaning yozishicha, hukumat ko‘chalarni yoritishni qisqartiradi, bilbordlarni o‘chiradi hamda do‘kon va kafelarga haftada besh kun soat 21:00 da yopilish majburiyatini yuklaydi. Dizel yoqilg‘isi sarfi yuqori bo‘lgan loyihalarning bir qismi allaqachon to‘xtatilgan.
Bosh vazir Mustafo Madbulining ta’kidlashicha, gaz importi uchun xarajatlar uch baravar oshib, oyiga 1,65 milliard dollarga yetgan.
Shuningdek, hukumat haftasiga 1–2 kun masofaviy ish tartibiga o‘tish masalasini ko‘rib chiqmoqda.