Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Mirziyoyev va Rahmon O‘zbekiston elchixonasining yangi binosini ochishdi

Mirziyoyev va Rahmon O‘zbekiston elchixonasining yangi binosini ochishdi

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida 19 aprel kuni Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosini rasman ochish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Rahmon va Mirziyoyev dastlab ramziy lentani tantanali ravishda kesib, so‘ng elchixona majmuasiga tashrif buyurib, oliy martabali mehmonlar kitobiga imzo chekishdi.

So‘ngra elchixona binosining ochilishi va davlat rahbarlarining tashrifi sharafiga Tojikiston va O‘zbekiston davlat madhiyalari yangradi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 22 oktyabrda o‘rnatilgan.

Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi, Toshkent shahrida Tojikiston Respublikasi elchixonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 13:56 19.04.2024. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!