Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Mirziyoyev Surxondaryoga yangi hokim tayinlaydimi?

Mirziyoyev Surxondaryoga yangi hokim tayinlaydimi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Surxondaryoga yangi hokimni tayinlashi kutilmoqda. Viloyatning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev Curxondaryoni kompleks rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida viloyatga qiladigan tashrifi davomida tayinlanadi. Bu haqda minbar.uz yozmoqda.

O‘zbekipaksanoat assosiasiyasi raisi Bahrom Sharipov viloyat hokimi etib tayinlanishi mumkin.

Minbar manbasi ma’lumotiga ko‘ra, tashrif 30 aprel-1 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Kun.uz o‘z manbasiga tayangan holda tashrif bugun, 29 aprel kuni amalga oshirilishini aytmoqda.

Bahrom Sharipov 2017 yil aprelida O‘zbekipaksanoat assosiasiyasi raisi etib tayinlangan.

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov lavozimidan ozod etilgandi. 1 aprelda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov vaqtincha hokim etib tayinlangan edi.

Kiritildi: 13:43 01.05.2019. O'qildi: 1848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!