Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti bilan uchrashdi (foto)

Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti bilan uchrashdi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Qirg‘iziston Prezidentini Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezidentlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zaro savdo hajmi izchil ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperasiya yo‘lga qo‘yilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

Kiritildi: 18:02 13.06.2019. O'qildi: 2195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!