Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mirziyoyev Putin bilan telefonda nimalarni gaplashdi?

A A A
Mirziyoyev Putin bilan telefonda nimalarni gaplashdi?

Bugun, 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qalampir.uz nashri xabar berdi.

Davlat rahbarlari Yangi yil munosabati bilan bir-birini samimiy tabriklagan.

Suhbat davomida ikki tomonlama dolzarb masalalar hamda Vladimir Putinning joriy yil oktyabr oyidagi tashrifi chog‘ida erishilgan shartnomalarning amalga oshirilishi muhokama qilingan.

Muloqot yakunida prezidentlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda ikki tomonlama strategik aloqalar hamda hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidlagan.

Kiritildi: 16:07 27.12.2018. O'qildi: 2783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik