Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Mirzacho‘llik nafaqaxo‘r nega o‘g‘irlik qildi?

Mirzacho‘llik nafaqaxo‘r nega o‘g‘irlik qildi?

Shu yilning 22 noyabrida Mirzacho‘l tumani ichki ishlar bo‘limiga “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1979 yilda tug‘ilgan ayol I.Q. o‘ziga noma’lum shaxs uyida o‘g‘irlik sodir etgani yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda "ANIQ.UZ"ga  Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Murojaatchining bildirishicha, u uyida kir yuvish bilan mashg‘ul bo‘lgan vaqtda voqea sodir etilgan. O‘g‘ri sezdirmasdan xonadonga kirib 2 million so‘m pul, 1 dona go‘sht qiymalagich, 1 dona meva sharbat qiluvchi apparat va 2 dona shisha idishdagi zirani o‘g‘irlab ketgan.

Tezkor qidiruv natijasida o‘g‘irlikni Mirzadala shahar fuqarolar yig‘inida yashovchi nafaqaxo‘r 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro U.A. sodir etgani aniqlandi. Daliliy ashyo sifatida 70 ming so‘m pul xujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Kiritildi: 11:32 26.11.2019. O'qildi: 1962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!