Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Minglab qizlarning intim suratlari internetda ochiq tarzda paydo bo‘ldi (+18)

Minglab qizlarning intim suratlari internetda ochiq tarzda paydo bo‘ldi (+18)

Buyuk britaniyalik Mikala Monsun tasodifan internetda intim foto-suratlar saqlangan internet bazaga duch keldi. Bazada qizga tegishli bo‘lgan suratlar ham bo‘lgan. Bu haqda Metro nashri xabar qildi.

Qizlarning suratlari Mega fayl almashish (fayloobmennik) ilovasida saqlangan va ularning ismlari bo‘yicha papkalarga  joylashtirilgan.  Fayllar mamlakatning yirik shaharlar kesimida taqsimlangan.

23 yoshli Mikala Monsun shu papkalarni ko‘rib chiqib, 17 yoshida tasvirga olingan ko‘plab intim suratlarini topib oladi.

Qiz internet-baza ustidan polisiyaga shikoyat qiladi. Biroq polisiya xodimlari uni ranjitadi. Qiz polisiya xodimlari fayl almashish ilovasi nima ekanligini uzoq vaqt tushuntirishga to‘g‘ri keldi.

Mazkur fayl almashish ilovasi OAVlar e’tiborini tortdi. Jurnalistlarga bergan intervyuda Mega xodimlari o‘zlarining ilovasida qonunni buzadigan fayllarni saqlanishiga yo‘l qo‘ymasligini aytib, ushbu kontentni uchirib tashlashga va’da berdi.

Biroq qizlar foto-suratlari hali ham internetda ochiqligicha qolmoqda.

P/s. Bugungi internet rivojlangan zamonda o‘z iffatingiz, or-nomusingizni yanada kuchliroq himoya qilishingiz, bu borada zarracha bo‘lsa-da xatoga yo‘l qo‘ymasligingiz, shaxsiy suratlaringizga ham hushyor bo‘lishingiz talab etiladi. Zero nomus, iffat shunday shishaki, bir sinsa, qaytib tiklay olmaysiz.
 

Kiritildi: 15:07 23.05.2019. O'qildi: 20479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!