Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Milliy gvardiya qidiruvdagi jinoyatchini qo‘lga oldi

Milliy gvardiya qidiruvdagi jinoyatchini qo‘lga oldi

26 iyul kuni soat 20:30 larda Samarqand shahridagi I. Karimov ko‘chasida patrul xizmatida bo‘lgan Milliy gvardiya xizmatchilari o‘zining shubhali xatti-harakatlari bilan ularning e’tiborini jalb qilgan fuqaroni to‘xtatdilar, bu haqda navbat bo‘limiga xabar berildi.

Fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasida tekshirildi. Aniqlanishicha, fuqaro  Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro A.R. bo‘lib, unga nisbatan 2020 yil 4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismining "v", "d" bandlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U 2020 yil 21 aprelda qidiruvga berilgan.

Fuqaro A. R. belgilangan tartibda ichki ishlar organlariga olib kelindi.

Kiritildi: 11:52 29.07.2020. O'qildi: 3155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!