Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Millatlar ligasi. Angliya termasi tarixiy sharmandali mag‘lubiyatga uchradi

Millatlar ligasi. Angliya termasi tarixiy sharmandali mag‘lubiyatga uchradi

Angliya terma jamoasi Vengriya termasi bilan o‘yinda yirik mag‘lubiyatga uchradi. Britaniyaliklar javobsiz to‘rtta gol o‘tkazib yuborishdi. Ushbu uchrashuv UYEFA Millatlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida Roland Shallay gol urdi. Ikkinchi bo‘limda Roland dubl qayd etdi. 80-daqiqada Jolt Nad ham gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Inglizlar o‘yinni o‘n kishi bo‘lib yakunladilar. “Siti” himoyachisi Jon Stounz maydondan chetlatildi. Bu mag‘lubiyat Angliya terma jamoasi uchun tarixiy sharmandali mag‘lubiyatga aylandi. Inglizlar o‘z tarixida ilk bor o‘z uyida to‘rtta gol farqi bilan mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, inglizlar safarda Vengriyaga ham mag‘lub bo‘lgandi (0:1).

ANGLIYa - VENGRIYa 0:4 (0:1)
Gollar:
Shallai, 16 (0:1); Shallai, 70 (0:2); Nad, 80 (0:3); Gazdag, 89 (0:4).
UdaleniYE: Stounz, 82.

Kiritildi: 08:32 15.06.2022. O'qildi: 4801 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!