Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Migrasiya va odam savdosi masalalari bo‘yicha telegram bot ishlab chiqildi

Migrasiya va odam savdosi masalalari bo‘yicha telegram bot ishlab chiqildi

Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyasi va “Winrock International” tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan USAIDning “Markaziy Osiyoda xavfsiz migrasiya” loyihasi doirasida migrasiya va odam savdosi masalalari bo‘yicha virtual onlayn maslahatchi @salom_migrant_bot telegram botini ishlab chiqdilar.

Chat bot orqali mehnat migrantlari xorijda ishlash va yashash qoidalari, mehnat migrantlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek migrantlar uchun mavjud ko‘mak haqida ma’lumotlar olishlari mumkin.

Shuningdek, chat bot orqali odam savdosi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan onlayn tarzda «dolzarb aloqa»ga murojaat etish mumkin. Bunday murojaat to‘g‘ridan to‘g‘ri Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyasiga tushadi.

Botda keltirilgan maslahatlar xorijda xavfsiz ish topishga yordam beradi va Vatanga qaytgan migrantlar uchun mavjud imtiyozlar haqida ma’lumot beradi. Shu bilan birga, botda koronavirus infeksiyasiga oid foydali maslahatlar ham keltirilgan.

IIV TEQKBB Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish boshqarmasi

Kiritildi: 16:10 21.07.2021. O'qildi: 2039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!