Berlin Germaniya – Avstriya chegarasida muhojirlar uchun tranzit markazlarini ochadi.
O‘zAda yozilishicha, ushbu markazlar tezlashtirilgan tartibda chet elliklarning mamlakatdan boshpana olishga huquq va imkoniyatlari mavjudligini tekshiradi. Agar migrantda shu kabi huquq va imkoniyatlar bo‘lmasa, u o‘z yurtiga yoki oldin ro‘yxatdan o‘tgan Yevropa Ittiqofi davlatlariga qaytarib yuboriladi.
“Evronyus”ning ma’lum qilishicha, Germaniya Federativ Respublikasining humkron partiyasi shu qarorga kelgan.
Qayd etilishicha, Avstriya Germaniya hukumatining shu tarzdagi migrasiya siyosatidan norozi bo‘lmoqda va qo‘shni davlatdan ayni masala bo‘yicha izoh kutadi.
Xalqaro migrasiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan vaqti davomida kamida 55 ming nafar qochoq Yevropadan qo‘nim topgan. 2015 yilda mintaqada kuzatilgan kuchli migrasion inqiroz tufayli YEI davlatlari chegaralar ochiqligi borasida hamon ehtiyotkorlik yo‘lidan bormoqda.