Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

Migrasiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov O‘zbekiston tomonidan Interpol orqali qidiruvga berildi.

35 yoshli Azizbek Toshtemirovning ismi «qizil bildirishnomalar» ro‘yxatida va u firibgarlikda gumonlanmoqda.

Toshtemirov 2025 yilga qadar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi (2024 yil oktyabr oyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi)da Janubiy Koreyadagi vakolatxona rahbari sifatida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin agentlikning sobiq xodimlari hamda bir guruh shaxslar odamlarni Koreyaga ishga jo‘natish vaji bilan ulardan katta miqdordagi pullarni talab qilib olish va ularni o‘zlashtirib yuborish kabi qilmishlarni sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga oligani aytilgan edi.

Kiritildi: Bugun 14:39. O'qildi: 422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!