Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

MIB Sirdaryoda 14 mlrd so‘mlik qarzni undirdi

MIB Sirdaryoda 14 mlrd so‘mlik qarzni undirdi

Majburiy ijro byurosi Sirdaryoda 14 mlrd so‘mlik qarzni undirdi.

Aniq.uz ishonchli manbasining xabar berishicha, Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor Oqoltindonmaxsulotlari AJdan undiruvchi Sayxunobod tuman DSI foydasiga 10.365.121.135 so‘m va shu sudning qarzdor Oqoltindonmaxsulotlari AJdan undiruvchi Sayxunobod tuman DSI foydasiga 19.310.395.194 so‘m soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan Majburiy ijro byurosining Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor Oqoltindonmaxsulotlari AJning debitor qarzdor Oxangarondonmaxsulotlari AJda 17.126.090.985 so‘m pul mablag‘i borligi aniqlanib, debitor qarzdor Oxangarondonmaxsulotlari AJning hisob raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan inkassa topshiriqnomasi qo‘yilgan, natijada 14.543.535.651 so‘m pul mablag‘i undirilishi ta’minlandi.

Kiritildi: 14:56 29.12.2018. O'qildi: 1453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!