Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

MIB inspektorlariga skuterlar topshirildi

A A A
MIB inspektorlariga skuterlar topshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Majburiy ijro byurosi shahar va tuman bo‘limlari davlat inspektorlariga 28 skuter va respublika boshqarmasiga bitta zamonaviy avtomobil tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda "Darakchi" xabar bermoqda.

O‘tgan yil iyul oyida tabiiy gazdan to‘lov rejasi 165 foizga, avgust oyida 138 foizga bajarilgan. Joriy yilning I choragida elektr energiyasi uchun belgilangan 73,1 milliard, tabiiy gaz uchun belgilangan 105,4 milliard, suv ta’minoti uchun belgilangan 9,2 milliard so‘mlik reja bajarilgan.

Bunday ijobiy ko‘rsatkichlar yuqori baholanib, byuro faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, tuman va shahar bo‘limlariga yangi rusumdagi maxsus avtomototransport vositalari foydalanish uchun topshirildi.

Kiritildi: 07:03 21.05.2018. O'qildi: 1702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik