Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

MIB fuqaro uchun ma’naviy zararni undirib berdi

MIB fuqaro uchun ma’naviy zararni undirib berdi

Majburiy ijro byurosi Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor mas’uliyati cheklangan jamiyatdan undiruvchi fuqaro foydasiga 59.041.200 so‘m ma’naviy zarar summalarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 18.12.2025 yilda kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Ijro varaqaga ko‘ra, jamiyat tomonidan fuqaroning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va obro‘siga yetkazilgan zarar sabab sud tomonidan MCHJdan ma’naviy zarar summalarini undirish belgilangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaning nomida ko‘char va ko‘chmas turdagi barcha mol-mulklariga nisbatan taqiq o‘rnatilgan.

Davlat ijrochisi S.Rustamovning qarzdor bilan olib borgan huquqiy tushuntirishlari natijasida 13.01.2026 yil kuni qarzdor MCHJ tomonidan 59.041.200 so‘m pul mablag‘lari to‘liq undirilib, undiruvchi fuqaroga o‘tkazib berilgan.

Kiritildi: Bugun 15:12. O'qildi: 204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!