Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

MIB direktorining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sayyor qabullari davom etmoqda

MIB direktorining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sayyor qabullari davom etmoqda

Joriy yilning 2 aprel kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxodjayev Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida Taxiatosh, Xo‘jayli, Nukus tumanlari va Nukus shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi rahbariyati va tuman-shahar bo‘limlari mutasaddilari ishtirok etdilar.

Sayyor qabul davomida 10 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Ular asosan qarzdorlikni undirish, xatlangan mol-mulklarni xatlovdan chiqarish, Byuro organlariga xizmatga kirish va noqonuniy qurilgan ob’ektlarni buzdirish bilan bog‘liq murojaatlar.
Barcha masalalar birma-bir tinglanib, joyida tushuntirishlar berildi. Hozirda murojaatlarni qanoatlantirish yuzasidan tekshirish va o‘rganishlar olib borilmoqda. Albatta, ushbu murojaatlarning barchasi qisqa vaqt ichida qonuniy qo‘rib chiqiladi va qanoatlantirish choralari ko‘riladi.
Ma’lumot uchun, Byuro direktori B.B.Qudratxodjayev 4 aprelgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining yana 2 ta hududida sayyor qabullar o‘tkazadi.

Ushbu sayyor qabullar natijasi yuzasidan batafsil axborot berib boriladi.

Kiritildi: 18:32 03.04.2019. O'qildi: 1618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!