Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

MIB bir tashkilotdan 2 mlrd. so‘m qarzdorlikni undirib berdi

MIB bir tashkilotdan 2 mlrd. so‘m qarzdorlikni undirib berdi

Joriy yilning 28 mart kuni Majburiy ijro byurosi Koson tuman bo‘limi ish yurituviga Koson tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor Koson don mahsulotlarini qabul qilish MCHJ hisobidan undiruvchi Koson tuman DSI foydasiga jami 2 mlrd. 356 mln. 790 ming 490 so‘mlik soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro xujjatlari kelib tushgan. Ushbu ijro xujjatlari yuzasidan bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilinib, qarzdor tashkilotning bankdagi hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan.

Shu sababli, qarzdor shu kunning o‘zida 252 mln. 836 ming 631 so‘m qarzdorligini to‘lagan bo‘lsa, 11 aprel kuni qolgan 2 mlrd. 103 mln. 953 ming 859 so‘mlik qarzdorligi to‘liq undirildi.

Shuningdek, bundan avval Byuroning Kitob tuman bo‘limi tomonidan Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor Kitob tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hisobidan undiruvchi Kitob tuman DSI foydasiga jami 113 mln. 75 ming 859 so‘m soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari kelib tushgan edi. Ushbu ijro hujjatlari yuzasidan qarzdor tashkilotni bankdagi hisob raqamlariga 09.02.2019 yilda band solish qarori va inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan, shuningdek, mol-mulklarni aniqlash maqsadida so‘rovnomalar tegishli tashkilotlarga yuborilgan.

Qarzdor ijro hujjatlari yuzasidan soliq qarzini to‘lashligi to‘g‘risida bir necha bor ogoxlantirilganiga qaramasdan o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli qarzdorlik tashkilotining mol-mulkiga qaratildi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor tashkilotdan ijro hujjatlarida ko‘rsatilgan 113 mln. 75 ming 859 so‘m soliq qarzlari to‘liq undirib olindi.

Kiritildi: 15:10 13.04.2019. O'qildi: 2016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!